Bizga bugun qanday jurnalistika kerak?
Avval xabar qilganimizdek, bugun Farg‘onada “Ommaviy axborot vositalarida ochiqlik, so‘z erkinligi va jamiyat” mavzusidagi an’anaviy “Chimyon” media-forumi boshlandi.
Media-forumning dastlabki mashg‘ulotida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olim O‘sarov, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov, taniqli jurnalist Karim Bahriyev, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi Muhammadjon Obidov matbuot erkinligi haqida so‘z yuritdi. Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Shundan so‘ng “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda muharrir, Oliy Majlis Senati a’zosi Farmon Toshev ushbu gazetalar tarixi va tahririyatda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirdi.
Forum madaniy tadbir bilan davom etdi. Farg‘onalik xushovoz xonanda Abdulhay Karimov jurnalistlar mehmoni bo‘ldi va qo‘shiq kuyladi.