Samarqand shahar hokimi bir guruh jurnalist va blogerlarni kasb bayrami bilan qutladi
Samarqand shahar hokimligi majlislar zalida shahar hokimi Fazliddin Umarov ishtirokida bir guruh OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun tadbir tashkil etildi.
Tadbirda hokim barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini bayram bilan tabriklab, bugun mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga qo‘shayotgan hissalari qatori, Samarqand shahrining yanada chiroy ochishi, aholi turmush farovonligining yuksalishi, shaharda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar zamirida jurnalist va blogerlarning fidokorona mehnatlari mujassam ekanligini ta’kidladi.
- Sizning joylarda uchrayotgan va islohotlarning borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ayrim muammo va kamchiliklarni ham yoritib, bunga jamoatchilik e’tiborini qaratyotganingiz, nuqsonlarni bartaraf etishda tashabbuskorlik ko‘rsatayotganingizni qadrlaymiz, - dedi Samarqand shahar hokimi F.Umarov. - Bu borada hamkorlikda ishlashga tayyormiz.
Tadbir so‘nggida soha vakillariga hokimlik tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.