Oynasi o‘zboshimchalik bilan qoraytirilgan “Kaptiva” jarima maydonchasiga qo‘yildi
- 29.04.2020 11:21
- 306
- Samarqand
Joriy yilning 28 aprel kuni soat 15.30 lar atrofida Samarqand shahriga kiruvchi yo‘l bo‘ylab harakatlanib kelayotgan 30 O 990 QA davlat raqam belgili “Kaptiva” avtomashinasi shaharga kiruvchi 3-to‘siq postda to‘xtatib tekshirildi.
Yo‘l-patrul xizmati xodimi mazkur avtomashinani ko‘zdan kechirganda ushbu haydovchi viloyat IIB YHXBning tegishli ruxsatnomasini olmasdan transport vositasining oynalari tusini o‘zboshimchalik bilan qoraytirib olganligi aniqlandi.
Ushbu haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa