Yo‘ldagi qoidabuzarlik Ye-planshet yordamida rasmiylashtiriladi

Bunda yana qanday qoidabuzarliklar aniqlanishini bilasizmi?

Elektron bayonnoma rasmiylashtirilgan huquqbuzarlarning ma’lumotlari planshetga kiritilishi bilan bir vaqtning o‘zida Respublika markazlashgan serveri orqali:
- migratsiya;
- qidiruv;
- fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlar;
- qarzdorliklar va boshqa tezkor ma’lumotlar bazasidan tekshiriladi.

Bunda elektron qaror qabul qilinib, onlayn tarzda transport vositasining egasi, haydovchining telefon raqamlariga:
- sodir etilgan qoidabuzarligi;
- qoidabuzarliklarning amaldagi qonunlar bo‘yicha tasnifi;
- ularda belgilangan jarima miqdorlari;
- to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha individual hisob raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida SMS xabar yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, qoidabuzarlik yuzasidan chiqarilgan qarorda belgilangan jarimalar 15 kun muddat ichida 30 foiz miqdorida chegirma bilan to‘lanadi.