Mashinasining davlat raqam belgisini yopib harakatlangan haydovchi jarimaga tortildi

Narpayda tuman yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan avtomobil davlat raqam belgisini yopib harakatlangan haydovchi to‘xtatildi.

“Spark” avtomashinasi haydovchisiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, tegishli chora ko‘rildi.

Shu o‘rinda, ta’kidlash joiz Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, transport vositalariga davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.