Qoidalarni qo‘pol ravishda buzib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi

Kecha kanalimizda “Bular kimlarning erkatoyi” sarlavhasi bilan e’lon qilingan lavhada xavfli manyovrlar qilgan, qarama-qarshi harakatlangan va boshqa qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etgan avtomobil haydovchilariga e’tibor qaratilgandi.

Yuqoridagi holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv o‘tkazilgan. Qoidabuzarga tegishli tartibda chora ko‘rilgan.

“Ijtimoiy tarmoqda "Lasetti" rusumli, 30G002VA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi xavfli manyovrlar bilan qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomonga o‘tib harakatlanganligi, shuningdek, avtomobiliga ruxsat etilmagan maxsus yorituvchi qurilma (migalka) o‘rnatilganligi aks etgan video tarqaldi va keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi.

Qoidalarni qo‘pol tarzda chetlab o‘tgan "Lasetti" rusumli, 30G002VA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi, 2001 yilda tug‘ilgan Sh.N. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 127, 128⁵, 135-moddalari tartibida bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi”, deyiladi YHXB xabarida.