Ozarbayjon Janubida yonadigan buloq bor
U nafaqat yonadi, balki shifobaxsh hamdir.
Boku-Astara magistral yo‘lining yaqinidagi Archivan qishlog‘ining chekkasida joylashgan “Yonar buloq” tabiatning haqiqiy mo‘’jizasi, uning xususiyati shundaki, buloqdagi suv yonish “qobiliyat”iga ega.
Garchi bu haqiqiy mo‘’jiza bo‘lib tuyulsa-da, olimlar bu hodisani juda oddiy qilib tushuntirishadi. Gap suvning mineral tarkibi, aniqrog‘i, tarkibida oltingugurt borligida. Bu buloq hech qachon, hatto eng issiq kunlarda ham qurimaydi.
Manbadagi suvning yonishi tasodifan aniqlangan. Kimdir buloqdagi suv quyosh nurlari ostida yonayotganini payqab, uni gugurt bilan yondirmoqchi bo‘ldi. Shundan so‘ng bu joy “Yonar buloq” deb atala boshlandi.
Shunisi e’tiborga loyiqki, siz buloq yonib turgan paytda ham suvidan ichishingiz mumkin – hech qanday zarar bo‘lmaydi.
Buloq suvi shifobaxsh, bu laboratoriya tadqiqotlari bilan tasdiqlangan. Uning tarkibidagi minerallar ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Oltingugurtli suv yuzdagi toshmalar bilan kurashishda foydali.
Qishloq aholisining aksariyati “Yonar buloq” suvi bilan choy damlaydi. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, tez-tez yer ostidagi ba’zi bir jarayonlar natijasida buloq suvi bosim bilan 5-7 metrga otilib turadi.
Tabiatning bu mo‘’jizasi davlat muhofazasiga olingan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.