O‘zbekiston kubogi: “Dinamo” amaldagi chempion “Nasaf” bilan durang o‘ynadi
- 22.04.2024 10:57
- 76
- Sport

Kecha O‘zbekiston kubogining 2-turidan o‘rin olgan “Dinamo” – “Nasaf” bahsi bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limning 37-daqiqasida “Nasaf” futbolchisi Sharof Muhiddinov penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 58-daqiqada “Dinamo” legioneri Kojo Joel hisobni qisqartirdi 1:1.
76-daqiqada Joelning uzatmasidan keyin Xislat Xalilov samarqandliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 79-daqiqada esa Marushich hisobni tenglashtirdi - 2:2. 90+1-daqiqada Xislat Halilov jamoasini yana oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Akmal Mozgovoy hisobni tenglashtirdi – 3:3.
Shu tariqa, uchrashuv jangovar durang bilan yakunlandi va jamoalar bir ochkodan ishlab oldi.
Vadim Abramov shogirdlari O‘zbekiston kubogining 1-turida ham “Andijon” bilan durang qayd etgan edi va ayni paytda guruhda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Agar jamoamiz 28 aprel kuni “Navbahor”ni mag‘lub qilsa, “o‘lim guruhi”dan chiqadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Buni ko‘rib qanday kulmaslik mumkin?
- 2 soat avval
- O'qing, qiziq!
Bitta daraxt qurisayam, mas’ullar javob beradi
- Bugun, 12:06
- Samarqand
O‘zbekning ovoziga e’tirof bu
- Bugun, 11:09
- Jamiyat