«Dinamo» BAAda Qozog‘iston va Rossiya klublariga qarshi maydonga tushadi
- 09.01.2026 16:57
- 43
- Sport
«Dinamo» jamoasi 2026 yilgi mavsumga tayyorgarlik doirasida dastlabki xorij yig‘inini Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazadi.
Klub axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoa 16-29 yanvar kunlari Abu-Dabi va Dubayda 4 ta uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan. Hozirga kelib «Dinamo»ning 3 ta o‘rtoqlik o‘yinidagi raqiblari ma’lum.
Samarqand klubi dastlab 19 yanvar kuni Qozog‘istonning «Kaysar» klubiga qarshi maydonga tushsa, 25 yanvar kuni Rossiyaning 6 karra chempioni "SSKA Moskva" jamoasiga qarshi saf tortadi. 28 yanvar kuni esa «Dinamo» Rossiya Premer-ligasi vakili «Akron» bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Yig‘in doirasida yana bir o‘rtoqlik o‘yin o‘tkazilishi bo‘yicha aniqlik kiritilmoqda.
Teglar:
Dinamo
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Shahar chiqindi qutisi emas, u - uyingiz!
- 3 soat avval
- Samarqand
Ilmoboddagi muammoga nega xolis yondashilmayapti?
- Bugun, 14:52
- Jamiyat
Eron blokadasi nimalarga olib keladi?
- Bugun, 12:03
- Xorij