«Dinamo» yangi mavsumga tayyorgarlikni Samarqandda boshladi

Jamoa o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini 16 yanvardan Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi.

Bugun, 23 dekabrdan «Dinamo» jamoasi Samarqandda yangi mavsumga tayyorgarlikning dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi.

Klub axborot xizmatining ma’lum qilishicha, jamoaning yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, seleksiya ishlari ham davom ettirilmoqda.

Vadim Abramov boshchiligidagi jamoa 23-30 dekabr kunlari Samarqandda dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. 3 yanvar kuni Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inining keyingi bosiqichi davom ettiriladi.

Poytaxtda o‘tadigan ikki haftalik tayyorgarlik jarayonidan so‘ng «Dinamo» jamoasi 16 yanvardan Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l oladi.

Abu-Dabida o‘tadigan ikki haftalik yig‘in davomida bir qator xorij klublari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishi hamda jamoa tarkibi kuchaytirilishi rejalashtirilgan.