O‘zbekiston shaftoli va nektarin eksporti bo‘yicha  rekordini yangiladi

O‘zbekistonda bu yil shaftoli va nektarin eksporti hajmi 2020 yilgi rekord darajasidan oshib ketdi.

Joriy yilda o‘zbek shaftoli va nektarlarining eksport mavsumi may oyining oxiriga borib boshlangan. Dastlabki statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mavsum boshidan to‘rt oy davomida O‘zbekiston qiymati 62.7 million dollarlik 82.5 ming tonna shaftoli va nektarin eksport qilgan.

Taqqoslash uchun: bundan oldingi eng yaxshi ko‘rsatkich — 2020 yilgi mavsumda mamlakatizdan umumiy qiymati 61.3 million dollarlik 82.2 ming tonna shaftoli va nektarin eksporti amalga oshirilgan.