O‘zbekistonda ilk marta “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro festivali o‘tkaziladi
11-13 iyul kunlari “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivali o‘tkaziladi. Ushbu festival har ikki yilda bir marta Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu festivalni o‘tkazishdan maqsad, millatlar va mamlakatlar o‘rtasidagi madaniyat rishtalarini mustahkamlab, musiqa, xalq ijodiyoti, amaliy san’at sohalarida ham o‘zaro almashinuvlar olib borishdan iborat.
Festival doirasida turli ko‘rgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etiladi.