O‘zbekistonda necha nafar bola koronavirusdan zararlandi?
Maktablar boshlanishiga oz qolgan sari har bir ota-onani bolalar haqidagi ma’lumotlar qiziqtirmoqda. Hozirda bolalar orasida kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari qanday?
Ushbu savolga AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova javob berdi:
Respublika bo‘yicha bugungi kunga qadar 89 755 nafar bola karantinga olingan bo‘lib, ularning orasida COVID-19 aniqlanganlar 3932 nafarni (4,3 %) tashkil qilmoqda.
COVID-19 aniqlanganlar orasida yoshi bo‘yicha tahlil qilganimizda:
➖ 1 yoshgacha 190 nafarni (4,8 %);
➖ 3 yoshgacha bolalar 683 (17,4 %) nafarni;
➖ 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar 934 (23,8 %) nafarni;
➖ 7-18 yoshgacha bolalar 2125 (54 %) nafarida kasallik aniqlangan.
3932 nafar kasallanganlar orasida jami sog‘ayganlar — 3293 nafarni (83,7 %), bugungi kunda davolanayotganlar 639 nafarni (16,3%) tashkil etmoqda.
Hozirgi kunga qadar bolalar orasida kasallikning o‘ta og‘ir kechishi kuzatilmadi, o‘lim holati bo‘lmadi.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar respublikamizda karantin e’lon qilingan hamda maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi muassasalari faoliyat yuritmagan davrga to‘g‘ri keladi.