O‘zbekistondan chiqib ketishga ulgurmagan xorijliklarning viza muddati uzaytirildi
- 18.03.2020 09:23
- 25
- O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi mamlakatimizdagi xorijlik fuqarolarga murojaat qildi.
O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha cheklov choralari munosabati bilan Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda bo‘lgan va ketishga ulgurmagan xorijiy fuqarolarga ilgari berilgan vizalarining amal qilish muddatini avtomatik tarzda 2020 yil 10 aprelgacha uzaytirish haqida qaror qabul qildi. Shuningdek, mamlakatimizga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolarga 2020 yil 10 aprelgacha bo‘lishga ruxsat beriladi.
Shunga muvofiq, ushbu toifadagi chet el fuqarolariga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilmaydi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 1 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand