O‘zbekistondan O‘mon davlati gilos eksport qilinadi

Bu kelishuvga mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida "Lulu Group International" shirkatining O‘mon bo‘yicha hududiy boshqarmasi va O‘zbekistonning "MilMax Group" kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida tashkil etilgan videokonferensaloqada erishilgan.

Onlayn uchrashuvda O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini O‘monga eksportini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilingan. O‘zbekiston tomoni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va xorijga eksport qilish borasidagi tajribasi hamda imkoniyatlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazgan.

“O‘monda 40 dan ortiq supermarketlarga egalik qiladigan "Lulu Group International" shirkati vakillari O‘zbekiston mahsulotlari haqida yaxshi xabardorliklarini bildirishdi. Ular, shuningdek, o‘zbek mahsulotlarini Maskatga yetkazib berilishidagi narxlar kelishib olinsa, ularni import qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikning birinchi qadami sifatida O‘zbekiston gilosini O‘monga eksportini boshlash to‘g‘risida kelishib olindi”, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.