O‘zbekistonlik olimlar koronavirusga qarshi dori ishlab chiqishdi

Bugun, 9 iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi “China–Uzbekistan Medicine Technical Park” texnoparkida ishlab chiqilgan 19 500 dona «Rutan» dori vositasini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga beg‘araz taqdim etdi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti yaratgan grippga qarshi original «Rutan» dori vositasi Xitoy olimlari tomonidan o‘tkazilgan sinovlar natijasida SARS CoV-2 tipidagi gripp virusini 78,3 foizga ta’sirini susaytirish xususiyatini namoyon qilgan.

Shundan kelib chiqib, Rutan dori GMP talablariga javob beruvchi Xitoy-O‘zbekiston tibbiy texnoparkida tayyor dori vositasi sifatida ishlab chiqildi.

11 mingta o‘ram Rutan dori vositasi koronavirusga qarshi gumanitar yordam sifatida Eronga yuborilib, laboratoriya sinovlaridan ijobiy o‘tgan.