O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar aylanmasi oshdi

O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan tovar aylanishi (yoki almashishi) keskin ko‘tarildi, deya ma’lum qildi Eurasianet.org mutaxassislari.

Xabarda keltirilishicha, O‘zbekistonda yuzaga kelayotgan savdo liberalizatsiyasi Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, yaqin yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti yuqori suratda ko‘tariladi va fuqarolar yanada faol iste’molchiga aylanadi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi bilan chegaradosh bo‘lgan yagona davlat. Qolaversa, O‘zbekiston hududdagi eng diversifitsion (zaxira imkoniyati ko‘p) iqtisodiyotga va eng rivojlangan ishlab chiqarish bazasiga ega va u qo‘shnilariga ko‘plab takliflar taqdim eta oladi.

2017 yildan 2018 yilgacha Qozog‘istondan O‘zbekistonga import hajmi 569 million dollarga oshdi. O‘sha yilning o‘zida Qirg‘iziston bilan tovar almashish 242 dan 462 million dollarga, Turmaniston bilan - 159 dan 274 million dollarga, Tojikiston bilan 124 million dollardan 287 million dollargacha ko‘tarilgan.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 5 oyida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar almashishi 1,7 milliard dollarga yetgan va bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,6 foizga o‘sish kuzatilgan.