Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi
- 08.07.2021 10:26
- 21
- Xorij
Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.
Konferensiya ishida O‘zbekiston prezidenti, Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti, Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, boshqa xorijiy davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillari, global moliyaviy institut va kompaniyalar, yetakchi ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlarning rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Forumda yalpi va sho‘’ba majlislarda mintaqaviy bog‘liqlikni yanada mustahkamlash doirasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish imkoniyatlari muhokama qilinadi.