O‘zbekistonning Rossiyadagi turizm elchisi Samarqand shahriga tashrif buyurdi
Bugun, 14 noyabr kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi turizm elchisi Yuriy Stoyanov boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga keldi.
Ularning asosiy maqsadi shaharning diqqatga sazovor joylari, me’moriy yodgorliklari tarixi bilan tanishishdan iborat. Chunki Samarqand O‘rta asr me’morchiligining ajoyib namunalarini saqlab qolgan. Me’moriy yechimlar, ranglarning shakli va boyligini mukammal egallagan. Xalqi esa o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati xabariga ko‘ra, mehmonlar Amir Temur maqbarasi, Registon, Shohi Zinda majmualari, “Siyob dehqon bozori”ni tomosha qilishdi.
Bundan tashqari, turfa xil ranglardan foydalanayotgan, ko‘plab turdagi mahsulotlar ishlab chiqarayotgan sexdagi gilam to‘qish jarayoni mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.