O‘zini o‘zi band qiladigan fuqarolarga 5 million so‘m miqdorida naqd pulda kredit beriladi
✅ AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi mas’ul xodimi Zafar Rahmonov “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori haqida ma’lumot berdi.
🔰 Ushbu qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 apreldan:
🔹 aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining kredit olish uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi;
🔹 kredit olishda talabgorlarga “Agrobank”, Xalq banki va “Mikrokreditbank” orasidan birini ixtiyoriy tanlab, barcha dasturlar doirasida imtiyozli kredit olish bo‘yicha murojaat etish imkoniyati yaratildi;
🔹 kredit oluvchi tanlagan mahsulot yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan mahsulotlar yetkazib berilgandan so‘ng, kredit mablag‘lari ta’minotchiga ajratib beradi;
🔹 o‘zini o‘zi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xomashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 million so‘mgacha miqdorida kredit mablag‘lari naqd pulda berilishi mumkin;
🔹 “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishini monitoring qilish mas’uliyati tijorat banklari bilan birga mos ravishda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari hamda sektor rahbarlari, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari zimmasiga yuklatildi.