O‘zXDP: Samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zXDPdan nomzod Ulug‘bek Inoyatov saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvini Samarqand viloyatida davom ettirdi.

Prezidentlikka nomzod dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib, bo‘lajak saylov uchun elektorat manfaatlari va dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, quyidan yuqoriga qarab yo‘naltirilgan takliflar asosida har tomonlama chuqur tahlildan o‘tkazilgani, keng qamrovli dastur ishlab chiqilganini ta’kidladi.

Ta’kidlanishicha, dasturda to‘qqizta yo‘nalish orqali yuzga yaqin g‘oya va tashabbuslar ilgari surilmoqda.



Ochiq, samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan Prezidentlikka nomzodga murojaat qildilar, dastur, undagi taklif va tashabbuslar haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.