Pandemiya davrida qaysi mahsulotlar qimmatlashdi?
Yurtimizda koronavirus tufayli karantin tartibi joriy etilganiga 5 oy bo‘ldi. Pandemiya davrida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, narx-navo barqarorligini ta’minlash maqsadida dehqon bozorlari va oziq-ovqat do‘konlari faoliyatiga cheklovlar tatbiq etilmadi. Ammo karantin boshlangan kunlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining sun’iy oshirilish holatlari kuzatilgan bo‘lsa-da, mahsulot mo‘lligi tufayli savdolar tartibga keltirildi.
Xo‘sh, bugungi kunda bozorlarimizda qishloq xo‘jaligi va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi qanday?
Payariq tumanidagi “Chelak dehqon bozori”da avgust boshigacha 47-52 ming so‘mdan sotilgan mol go‘shti hozirda 52-60 ming so‘mdan sotilmoqda. Parranda go‘shti 18 ming so‘m, qo‘y go‘shti 65 ming so‘m, piyoz 1500-1600 so‘m. Yog‘ (5 litr) 50-55 ming so‘mdan sotilmoqda.
- 10 sotix tomorqamga pomidor ekkandim, - deydi A.Latipov. – 40 kilogramm pomidorni 2500 so‘mdan sotib uyga bozorlik qilmoqchi edim, afsus pomidorni kilogramini 1500 so‘mdan sotdim. 20 ming so‘m yo‘lkirani aytmasa pomidorni puli bir kilogramm go‘shtga yetarkan, xolos.
“Siyob dehqon bozori”da kartoshka bir kilogrami 3500, piyoz 1800-2000, sabzi 2000-3500, tuxum bir donasi 600-850 so‘mdan, go‘sht 55-56 ming so‘mdan sotilmoqda.
- Bozor qoshidagi “Ayub Baraka” unitar korxonasi tomonidan narx-navo barqarorligini ta’minlash uchun yetarli miqdorda qishloq xo‘jalik mahsulotlari zaxirasi tayyorlangandi, - deydi “Siyob dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari Yashin Jamoliddinov. – Ushbu korxona bozorda narx-navo barqarorligini ta’minlash uchun tayyorlangan zaxira mahsulotlari hisobidan dehqonlarimiz birinchi hosilni savdoga chiqarguncha asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozordan 20 foiz arzon narxda aholiga yetkazib berdi. Hozirda mazkur korxona tomonidan arzonlashtirilgan narxda bozordagi o‘ndan ortiq savdo nuqtasida aholiga 50 ming so‘mdan sifatli go‘sht mahsulotlarining savdosini tashkil etdi.
- Ko‘p yildan buyon shu yerdan bozorlik qilaman, - deydi Sadbara Nizomova. – Avval, mahsulot xarid qilayotganda narxiga e’tibor berardik, hozir ko‘proq sifatiga qarayapmiz. Shukrki, bozorlarda to‘kinchilik, meva-cheva, qovun-tarvuzni arzonligini aytmaysizmi. Pandemiya tufayli ayrim mahsulotning narxi biroz oshgan bo‘lsa-da, bozordagi ozodalik, tartib juda yaxshi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, bozor ma’muriyati taqdim etgan asosiy turdagi qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini solishtirib o‘tsak.
2019 yil avgust 2020 yil may 2020 yil avgust
|
2019 yil avgust |
2020 yil may |
2020 yil avgust |
Kartoshka (kg) |
1500-2500 |
3000-3500 |
2500-3800 |
Piyoz (kg) |
1500-2800 |
1500-2000 |
1500-2000 |
Sabzi (kg) |
2000-2500 |
1500-5000 |
1500-2000 |
Tuxum (dona) |
450-600 |
800-900 |
700-950 |
Mol go‘shti (kg) |
40000-45000 |
45000-48000 |
50000-55000 |
Qo‘y go‘shti (kg) |
40000-45000 |
45000-48000 |
|
Tovuq go‘shti (kg) |
15000-16000 |
16000-18000 |
18000-19000 |
Pomidor (kg) |
1500-6000 |
4000-10000 |
2000-2500 |
Bodring (kg) |
2000-2500 |
1000-2000 |
3000-3500 |