Parijdagi otishma: kurdlar Fransiya hukumatini ayblamoqda

Parijdagi kurdlar jamiyati vakillari poytaxtning 10-okrugidagi kurd madaniyat markazida oq tanli 69 yoshli fransuz o‘t ochganidan keyin Fransiya hukumatini harakatsizlikda ayblamoqda.  

Otishmada 3 kishi halok bo‘lgan, yana 3 kishi yaralangan edi. Tergovchilar jinoyat irqchilik asosida sodir etilgan deb hisoblamoqda.

Voqeadan so‘ng mahalliy kurdlar Parij markazida "stixiyali" mitingda yig‘ilgan. Ular bilan politsiya o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi hamda huquq-tartibot idoralari xodimlariga “jasorat va vazminlik” uchun minnatdorchilik bildirdi.

Gumonlanuvchi oldin ham “hayotga suiqasd” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi bo‘yicha ikki marta sudlangan. Bir yil avval u muhojirlar lageriga uyushtirilgan hujum tufayli hibsga olingan. 12 dekabr kuni esa bu erkak ozod qilingan, unga qurol olib yurish taqiqlangan. Ammo u oradan 11 kun o‘tib, shunday og‘ir jinoyatni sodir etdi.