Istanbuldagi otishmada o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi

Shu yilning 2 sentyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida ikki jinoiy guruh o‘rtasida qurolli otishma sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, u vaqtda voqea joyiga yaqin yerda asli samarqandlik bo‘lgan N.Z. mehnat faoliyatini olib borayotgan bo‘lgan. Oqibatda 46 yoshli fuqaro og‘ir yaralangan va shifoxonaga olib ketilgan. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan N.Z. vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlab, ularga nisbatan tergov harakatlarini boshlagan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tezkor ravishda fuqaroning jasadini Istanbul aeroportidan Samarqand viloyatiga yuborish uchun uning yaqinlariga amaliy yordam ko‘rsatdi.