Gamburg: "Iyegova guvohlari" markazidagi otishmada yetti kishi halok bo‘ldi

Payshanba oqshomida Germaniyaning Gamburg shahridagi “Iyegova guvohlari” diniy tashkilotining markazida ro‘y bergan otishmada kamida 7 kishi halok bo‘ldi, 24 kishi yaralandi, deb xabar beradi Bild gazetasi.

Voqea Alsterdorf shaharchasida sodir bo‘lgan. "Bugun soat 21:00 atrofida bir yoki bir nechta noma’lum shaxslar cherkovdagi odamlarga qarata o‘t ochdi", deyiladi politsiya bayonotida. Huquq-tartibot idoralari voqea joyidan uzoqroq bo‘lish va yaqin uydan chiqmaslikka chaqirgan.

Xabarga ko‘ra, yetti kishining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Hujumchining motiv va aniq holati hozircha ma’lum emas.

"Qutqaruvchilar jabrlanganlarni markaz binosidan olib chiqib ketishmoqda. Huquq-tartibot idoralari sodir bo‘lgan voqeani “vasvasa asosidagi ommaviy qotillik” deb baholamoqda”, — deyiladi agentlik xabarida.