Kanada maktabida otishma: to‘qqiz kishi halok bo‘ldi
- 11.02.2026 11:46
- 2
- Xorij
Kanadaning Britan Kolumbiya provinsiyasida joylashgan Tambler-Ridj shahridagi o‘rta maktabda otishma sodir bo‘ldi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, maktab binosi ichida olti kishi halok bo‘lgan. Yana bir yarador shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Hodisa bilan bog‘liq deb hisoblanayotgan turar joyda yana ikki kishining jasadi topilgan.
Ikki nafar kishi og‘ir ahvolda xavfli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Maktabdan taxminan 100 nafar o‘quvchi va xodimlar evakuatsiya qilindi.
Hujumni amalga oshirgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan. Uning shaxsi va qotillik sabablari aniqlanmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayoti – ibrat, ilmi – hikmat
- Bugun, 06:18
- Ta’lim
Fermerlar Xitoy tajribasini o‘rgandi
- Kecha, 17:20
- Qishloq xo'jaligi