AQSh turar-joy binosida sakkiz kishi otib o‘ldirilgan, bolalar ham bor

AQShning Yuta shtatida joylashgan Inok shahridagi turar-joy binosida o‘q jarohati olgan besh nafar bola va uch nafar katta yoshli odam jasadi topildi, deb xabar berdi shahar politsiyasi.

"Politsiya xodimlari uyni tekshirishganida uy ichida uch nafar katta va besh nafar voyaga yetmagan bolani o‘lik holda topishgan. Ularning har biri o‘qdan jarohat olganga o‘xshaydi", deyiladi ABC4 telekanali ssilkasini joylagan Inok shahar politsiyasi bayonotida.

Mahalliy maktab kengashi ham bu ma’lumotni tasdiqlagan.