Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda MIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatildi

Bosh prokuratura matbuot xizmati MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatilganligi yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yil 23 oktyabr kuni soat 17:00 larda MIB Past Darg‘om tumani bo‘limi davlat inspektorlari B.U. va R.S.lar tumanning Jag‘alboyli mahallasi, 54-uydagi gazdan mavjud qarzdorlikni xonadon egasiga ma’lum qilgan vaqtda iste’molchi U.T. ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Shuningdek, U.T. davlat inspektori B.U. ga tegishli “Spark” rusumli transport vositasining old oynasini tayoq bilan urib sindirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan U.T.ga nisbatan JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi va 173-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.