Past Darg‘omda qariyb 900 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
- 04.03.2024 20:18
- 90
- Jinoyat va jazo
Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Tumandagi “Furqat” MFY hududida faoliyat yurituvchi “N.P.” oilaviy korxonasi rahbari umumiy ovqatlanish shoxobchasi va novvoyxonasida hech qanday hujjatsiz gaz tarmog‘idan gaz hisoblagichdan tashqari tijorat maqsadida quvur tortib jami 897,5 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani fosh etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.