Samarqandda 401 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
“Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirig‘i bilan respublikaning barcha hududlarida ishchi guruhlar tuzilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda.
Samarqand shahrida filial komplayens nazorat tuzilmalari, mahalla iste’molchilari bilan ishlash bo‘limi xodimlari, O‘zenergoinspeksiya va huquq-tartibot organlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida qoidabuzilish holati aniqlandi.
Shaharning Ibn Sino ko‘chasida qurilayotgan “Sh. S. S.” MChJga qarashli ko‘p qavatli uy xatlovdan o‘tkazilganda, ta’minot tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, loyiha-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan holda “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy foydalanib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 401 million 680 ming so‘mlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi (https://t.me/Samarkandnews_uz/61745).