Novvoy gazdan o‘g‘rincha foydalanayotgan ekan...
Bulung‘ur tumanidagi Mehrjon mahallasi hududidagi novvoyxona tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 190,5 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov haraktlari o‘tkazilmoqda.