Samarqand shahrida tabiiy gazdan 402 million so‘mlik noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Shunday tadbirlar filial komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va O‘zenergoinspeksiya ishtirokida Samarqand shahrida ham o‘tkazildi.

Shaharning “Rasadxona” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro S.K. o‘z yashash manzilida novvoyxona tashkil qilib, hisoblagichsiz, tarmoqqa rezina shlang orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan holda tabiiy gazdan foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 402 million 360 ming so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.