Samarqandda novvoyxona qariyb 820 million so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qildi

“O‘zenergoinspeksiya” viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorlikda Oqdaryo tumanida tadbir o‘tkazdi.

Ushbu nazorat tadbirida shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro B.R. Loyish mahallasida joylashgan nonvoyxonasida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 819,9 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.