Past Darg‘omda qimorxona tashkil etgan fuqarolar ushlandi

Samarqand viloyati hududida IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida Past Darg‘om tumani Juma shahrida yashovchi fuqarolardan biri tuman markazida joylashgan oshxonada pul evaziga qimorxona tashkil etgani aniqlandi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida mazkur qimorxonani Juma shahrida yashovchi fuqaro I.B. va Ya.M. tashkil etgan. Tadbir vaqtida qimorxonada jami 12 nafar fuqaro noqonuniy ravishda qimor o‘ynayotgani aniqlanib, voqea joyidan bir dona ko‘za va jami 3 000 000 so‘mga yaqin pul daliliy ashyo tariqasida tegishli ravishda hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.