Payariqdagi qishloqning ichki yo‘llari asfalt qilindi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘tkazgan sayyor qabullarda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarga ijobiy yechim topilmoqda.

Jumladan, hokimning joriy yil 27 sentyabr kuni Payariq tumanidagi Istiqlol mahallasida tashkil etgan ommaviy sayyor qabulida fuqaro Qo‘chqor Primov Gulzor mahallasining ichki yo‘llariga asfalt yotqizish masalasida murojaat qilgandi.

Bugun Payariq tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ushbu mahallaning 800 metrlik ichki yo‘llari asfalt qilinib foydalanishga topshirildi.