Pekinda so‘nggi 56 kunda kuzatilmagan koronavirus holati qayd etildi
- 12.06.2020 09:00
- 269
- COVID-19
Koronavirus holati 52 yoshli erkakda aniqlandi. U so‘nggi 2 hafta davomida shahardan tashqariga chiqmaganligi aytilmoqda. Bu haqda shahar ma’muriyati o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Ma’muriyat rahbari o‘rinbosari Myao Szyanxun bergan ma’lumotga ko‘ra, bemordan olingan test tahlili unda koronavirus infeksiyasi mavjud ekanligini tasdiqlagan. Bemorning ikki nafar oiala a’zosi ham shifokorlar nazoratiga olingan. Bemor infeksiyani qayerda yuqtirib olgani noma’lumligicha qolmoqda.
Ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan zaruriy epidemiologik surishtiruv va kasallik tarqalishining oldini olish ishlari olib borilayotganligi aytilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa