Penalti so‘zi qayerdan kelib chiqqan?

Aytishlaricha, XIX asrda jiddiy qoidabuzarlikdan keyin birinchi bo‘lib darvozaga o‘n bir metrlik zarba berishni futbol qoidalari bo‘yicha mutaxassis taklif qilgan.

Uning ismi Jon Penalti bo‘lgani uchun bu zarba uning sharafiga «penalti» deb nomlangan, degan qarash ham mavjud.

Aslida esa 1890 yilda penalti tepish g‘oyasi Irlandiya futbol assotsiatsiyasi a’zosi, “Milford” futbol klubi darvozaboni Uilyam MakKramdan chiqqan. U o‘sha paytdagi himoyachilar golning oldini olish uchun hujumchilarni ataylab qo‘pollik qilishidan xavotirda edi; hamkasblari uning taklifini qo‘llab-quvvatladilar va bir yil o‘tgach, jazo qoidasi o‘yinning rasmiy qonunlariga kiritildi.

Aytgancha, o‘sha paytdagi hakamlar faqat "jabrlangan" jamoaning iltimosiga binoan penalti belgilagan va zarba darvoza chizig‘idan 12 metr uzoqlikdagi istalgan nuqtadan tepilishi mumkin edi. "Penalti” so‘zining etimologiyasiga kelsak, bu juda oddiy: u inglizcha penalty (“jazolash”) so‘zidan olingan.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.