Pentagon birinchi marta Xitoyning gipertovushli qurolini baholadi
Pentagon Xitoyning gipertovushli qurol sinovini Qo‘shma Shtatlar uchun "juda xavotirli va misli ko‘rilmagan voqea" deya atadi. Bu haqda AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari general Mark Milli Bloomberg telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
Shu paytgacha biror izoh berishdan tiyilgan Pentagon sinovlarga rasman baho berdi.
Shunday qilib, Milli gipertovushli qurol sinovini "ajoyib texnologik voqea" ekanligini ta’kidlab, bu Xitoy harbiy salohiyatining faqat bir elementi ekanligini ta’kidladi.
Rostdan ham Xitoyning harbiy salohiyati bu sinovdan ancha katta. Ular koinot, kibermakon va an’anaviy zonalarda - quruqlik, dengiz va havoda jadallik bilan kengaymoqda", dedi general va bu AQSh uchun juda xavotirli ekani, shu bilan birga Xitoy ularning doirasida juda muhim o‘rin egallashini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq OAV XXRning gipertovushli raketasi AQShni g‘aflatda qoldirgani haqida xabar bergan edi. Chunki raketa "gipertovushli qurol yaratishda hayratlanarli yutuqni" namoyish etgan edi.