Po‘lat Bobojonov IIV tizimidagi eng katta o‘zgarishlar haqida O‘zAga ma’lumot berdi:

— Transport vositasini qasddan tartibsiz boshqarish, o‘zboshimchalik bilan harakat qatnashchilarini to‘xtashga majbur qilish orqali xavfni yuzaga keltirganlik («yo‘l bezoriligi») uchun javobgarlik belgilanadi.

Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyatiga noqonuniy aralashish, to‘sqinlik qilish, qarshilik ko‘rsatish holatlari bor. Endi bunday holatlarning oldini olish uchun soha vakillarining shaxsiy himoya va faol mudofaa vositalaridan foydalanishi borasidagi huquqlari kengaytiriladi.

Qoidabuzarlik uchun jarima ballar hisoblash tizimi joriy etiladi. Agar haydovchining 12 oy davomida sodir etgan qoidabuzarliklari uchun hisoblangan jarima ballari umumiy miqdori 12 balldan oshsa, u transportni boshqarishdan mahrum qilinadi. Qoidabuzarlik sodir etmagan haydovchilarga bonus ballari hisoblanadi.

Toshkent shahri va yirik shaharlardagi markaziy ko‘chalarda transport vositalari harakatlanishining tezlik cheklovlari qayta ko‘rib chiqiladi.