Putin Suriya prezidenti bilan uchrashdi
- 14.09.2021 11:54
- 103
- Xorij
Rossiya va Suriya prezidentlari Vladimir Putin va Bashar Asad Moskvada uchrashdi.
Muzokaralar Kremlda bo‘lib o‘tdi. Asad Moskvaga e’lon qilmasdan tashrif buyurdi.
“Sizni yana Moskvada kutib olganimdan juda xursandman. Birinchi navbatda sizni yaqinda o‘tgan tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklamoqchiman”, dedi Putin uchrashuv boshida.
Rossiya rahbari Suriyadagi prezident saylovlari natijalari haqida ham gapirdi.
“Natijalar shuni ko‘rsatadiki, odamlar sizga ishonadi va o‘tgan yillardagi qiyinchilik va fojialariga qaramay, ular hali ham tiklanish jarayoni va normal hayotga qaytishni siz bilan bog‘laydi”, dedi Rossiya prezidenti.