Qaysi hududlarida seysmik daraja 9 ball va undan yuqori?
Bugungi kunga qadar O‘zbekistondagi 27 ta yirik shahar va tumanlar seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga ega, ya’ni 1785 km kvadrat hudud seysmik darajasi 9 ballgacha va undan yuqori bo‘lgan mikrohududlarga ajratilgan.
Ammo bu xaritalar 40 yil avval tuzilganligi sababli va zamonoviy qurilish texnologiyalar talabiga javob bermaganligi uchun takomillashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish texnologiyasi ishlab chiqildi.
Natijada 2022 yilda respublikaning 584, 85 km kvadrat maydoni ya’ni 3 ta yirik shaharlari Andijon, Namangan va Farg‘onaning sesymik mikrohududlashtirish onlayn xaritalari yaratildi.
Bugungi kunda esa 15 ta yirik shaharlar: Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Jizzax, Guliston, Termiz, Nurafshon, Olmaliq, Zarafshon, Shaxrisabz, Chirchiq, Yangiyer, Yangiyo‘l shaharlari umumiy maydoni qariyb 2100 km kvadrat bo‘lgan hududda seysmik mikrohududlashtirish ishlari olib borilmoqda.