Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qaysi mamlakat aholisi dunyoda eng aqlli hisoblanadi?

Olimlar rezidentlari eng yuqori IQ (aql-idrok) darajasiga ega bo‘lgan mamlakatlar reytingini tuzdi.

Olster instituti olimlari Richard Lin va Devid Bekker juda provokatsion tadqiqot o‘tkazdi: ular aql-idrokni o‘lchashning asosiy usullaridan biri umumiy qabul qilingan IQ testi orqali aholisining aql-idrok darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pchilik odamlarning IQ darajasi o‘rtacha 80 dan 110 ballgacha, 70 dan past ball odatda aqliy zaiflikning turli darajalarini anglatadi. 125 dan yuqori bo‘lgan ballar - g‘ayrioddiy va ko‘pincha yorqin qobiliyatlar haqida gapiradi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyoda o‘rtacha IQ 86-90 ball atrofida o‘zgarib turadi.

15-o‘rin - Kambodja

O‘rtacha IQ ko‘rsatkichi: 99,75 ball

14-o‘rin - Makao

O‘rtacha IQ ko‘rsatkichi: 99,82ball

13-o‘rin - Lyuksemburg

O‘rtacha IQ ko‘rsatkichi: 99,87 ball.

12-o‘rin - Estoniya

O‘rtacha IQ ko‘rsatkichi: 100,72 ball

11-o‘rin - Niderlandiya

O‘rtacha IQ ko‘rsatkichi: 100,74 ball

10-o‘rin - Germaniya

O‘rtacha IQ ko‘rsatkichi: 100,75 ball

9-o‘rin - Lixtenshteyn

O‘rtacha IQ ko‘rsatkichi: 101,07 ball

8-o‘rin - Finlandiya

O‘rtacha IQ ko‘rsatkichi: 100,2 ball


7-o‘rin - Belarus

O‘rtacha IQ ko‘rsatkichi: 101,6 ball

6-o‘rin - Janubiy Koreya

O‘rtacha IQ ko‘rsatkichi: 102,35 ball

5-o‘rin - Xitoy Xalq Respublikasi

O‘rtacha IQ ko‘rsatkichi: 104,1 ball

4-o‘rin - Gonkong

O‘rtacha IQ ko‘rsatkichi: 105,37ball

3-o‘rin - Singapur

O‘rtacha IQ ko‘rsatkichi: 105,89 ball 

2-o‘rin - Tayvan

O‘rtacha IQ ko‘rsatkichi: 106,47 ball 

1 o‘rin - Yaponiya

O‘rtacha IQ ko‘rsatkichi: 106,48 ball

O‘rtacha va undan past darajadagi IQ

Qolgan mamlakatlarda, ya’ni dunyoning aksariyat davlatlarida IQ darajasi o‘rtacha yoki pastroq. Eng past ko‘rsatkichlar Afrikaning qashshoq mamlakatlarida, ayniqsa shimoli-g‘arbiy qismida qayd etilgan. Bu mamlakatlar juda ko‘p yosh aholiga ega va ularning aksariyatida yetarli ta’lim olish imkoniyati yo‘q. Misol uchun, Senegal, Mali, Mavritaniya aholisining IQ darajasi 60 ballga yaqin, bu Kamboja va boshqa bir qator mamlakatlardan deyarli 2 baravar past ko‘rsatkichdir. Texnologiyalar rivojlanishi va farovonlikning oshib borishi barobarida yaqin yillarda Afrikaning qashshoq mamlakatlari aholisining IQ darajasi oshib boradi, degan taxminlar ham ehtimolga yaqin.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.