Qizlar tarbiyasi ishchi guruh nazoratida
- 26.01.2019 11:22
- 86
- Jamiyat

Jomboy tumanida o‘quvchi-qizlar tarbiyasi, ularni sog‘lom turmushga tayyorlash mavzuida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda Jomboy tumani hokimi U.Nazarov, tuman IIB boshlig‘i A.Haydarov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi a’zolari, o‘qituvchilar, boshlang‘ich tashkilot yetakchilari, psixologlar hamda mahalla otinoyilari qatnashdi.
Unda yuqori sinf qizlari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazish, uchrashuvlarda erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, odob-axloq, kiyinish madaniyati, telefon hamda internetdan to‘g‘ri foydalanish haqida tushunchalar berish muhim ekani ta’kidlandi.
Har bir maktabda ayni shu vazifa bilan shug‘ullanuvchi 56 ta ishchi guruh tashkil qilindi. Ularning tarkibi tuman kengashi sessiyasida tasdiqlanib, zimmasiga alohida mas’uliyat yuklandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Kecha, 14:17
- Jinoyat va jazo