Qondagi yuqori qand miqdori koronavirus infeksiyasidan vafot etish xavfini ikki barobar oshiradi
- 11.07.2020 16:43
- 182
- COVID-19
Bu haqda xitoylik mutaxassislarning Diabetologia jurnalida nashr etilgan ilmiy ishda ma’lum qilindi.
Mutaxassislar 24 yanvardan 10 fevralga qadar Uxanda qayd etilgan 600 kishida koronavirus holatini o‘rganib chiqshdi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, qondagi qand miqdori yuqori bo‘lgan bemorlar boshqa bemorlarga nisbatan ikki barobar ko‘proq halok bo‘lgani aniqlandi.
“Mazkur holatda ushbu bemorlarning barchasi o‘zlari ham bilmagan holda qand kasalidan aziyat chekkan, deb taxmin qilish qiyin. Sababi, qondagi qand miqdori yuqori bo‘lgan bemorlarning umumiy soni 29 foizni tashkil etmoqda. Biroq statistikaga ko‘ra, Xitoy aholisining 12 foizi qandli diabetga chalingan”, deyilgan ma’lumotda.
Shifokorlarning fikricha, qondagi yuqori qand miqdori tromblarni hosil qiladi va qon almashuvi faolligini kamaytiradi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Hozirgina
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand