Qorasuvda "Onalar bog‘i" tashkil etildi
Samarqand shahar Qorasuv maskani Bahodir Yalangto‘sh mahallasida "Yashil makon" umummilliy tadbirlari doirasida "Onalar bog‘i" tashkil etildi.
"Onalar bog‘i"ning tashkil etilishida respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva, Samarqand shahar xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Zebo Saidovalar qatnashdi.
- Bugun mamlakatimizning barcha mahallalarida kuzgi ko‘chat ekish mavsumi boshlandi, - dedi respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva. - Butun dunyoda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq salbiy holatlar kuzatilayotgani hech kimga sir emas. Daraxt ko‘chatlarining ekilishi ona tabiatni asrashga xizmat qiladi. Barpo etilayotgan "Onalar bog‘i", albatta, o‘zining natijasini beradi.
Tadbir doirasida mahalladagi faol ayollar ajratilgan maydonga pavloniya ko‘chatlarini o‘tqazishdi.