Qo‘shrabotda o‘g‘ri ushlandi

Joriy yilning 23 aprel kuni Qo‘shrabot tumani IIBga Namuna mahallasida yashovchi Q.T. ariza bilan murojaat qilib, 22 aprel kuni soat 22:00 larda yashash uyiga noma’lum shaxs kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasidagi shkafdan 9 million so‘m pullarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringanligini bildirgan va jinoyatchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Qo‘shrabot tumani Qo‘rolos MFYda yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan T.Sh. sodir qilganligi aniqlandi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.