Qo‘shtamg‘alidagi ko‘rik natijasida ikkita operatsiya qilindi
Shu kunlarda viloyatimizdagi tibbiyot markazlari, davolash-profilaktika muassasalarining yetakchi mutaxassislari Qo‘shrabot tumani qishloqlariga borib, aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.
Qo‘shtamg‘ali qishlog‘i aholisi uchun tashkil etilgan shunday tadbirda respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali vrachlari ham qatnashib, uch kun davomida 200 nafardan ortiq fuqaroni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
– Tibbiy ko‘rik natijasida 3 kishida onkologik kasallik aniqlanib, ularga muassasamizda davolanish uchun yo‘llanma berdik, – deydi filial direktori M.Jo‘rayev. – Shuningdek, ikki bemorning o‘smasi shu yerning o‘zida – tuman tibbiyot birlashmasida operatsiya qilinib, olib tashlandi. Hozirda ularning salomatligi doimiy nazoratimizda. Bugungi kunda Qo‘shrabot tumani bo‘yicha 180 dan ortiq bemor muassasamiz hisobida turadi. Salomatlik oyligi tadbirlari doirasida shifokorlarimiz har bir bemorning xonadoniga borib, ularni ko‘rikdan o‘tkazmoqda hamda zarur tavsiyalar bermoqda.