Registon maydonida "Samarqandda ta’lim tarixi" ko‘rgazmasi ochildi
- 28.08.2020 10:19
- 232
- Samarqand
Bugun, 28 avgust kuni soat 10:00 da Mirzo Ulug‘bek madrasasi tashkil etilganining 600 yilligi munosabati bilan Registon maydonida "Samarqandda ta’lim tarixi" ko‘rgazmasi ochildi.
Ko‘rgazma davomida turli davrlarda ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanishi, uning shakli, tizimi, moddiy ta’minoti haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Ekspozitsiya qadim zamonlardan hozirgi kungacha Samarqandda ta’lim tizimining rivojlanish dinamikasiga bag‘ishlanadi. Ta’kidlash joizki, Ulug‘bek madrasasi Registon maydonidagi eng qadimiy madrasa bo‘lib, Temuriylar davlati hukmdori va astronom olim Ulug‘bek tomonidan bunyod etilgan. Ushbu inshoot qurilishi Samarqandga O‘rta asr Sharq fanining asosiy markazlaridan biri sifatida shuhrat keltirdi.
Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ko‘rgazmada qatnashish bepul.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tadbirkor bo‘lish uchun eng zarur narsa nima?
- 2 soat avval
- Iqtisodiyot
Беморлик билим олишга тўсқинлик қилолмайди
- Bugun, 17:53
- Ta’lim
Ibratga to‘la xazina
- Bugun, 11:31
- Mutolaa