Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQSh fuqarolari Registon maydonida nikohdan o‘tdi

Kecha, 4 iyul kuni Samarqanddagi Registon maydonida Marshall Mayer va Ebru Sanning to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, kunlarning birida Ebru Marshaldan velosipedda kelishni so‘raydi. Ular yo‘l bo‘ylab suhbatlashadi. Ammo ular boradigan joyni Ebru aytmay turgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ular Brighton - Beachdagi uning sevimli o‘zbek restorani «Nargis Café»siga borishgan. Marshall ham o‘sha o‘zbek restoranining muxlisi edi. Bu 4 iyul – ular abadiy eslaydigan kun edi!

So‘nggi ikki yil ichida ikkalasi ham yangi istiqbolli ish topdi. 5 kontinentda bo‘lishdi. Ular hatto Turkiyada zaytun bog‘ini sotib olishdi va endi bu yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan katta to‘yida mehmonlarga o‘zlarining zaytun moylarini berishni rejalashtirmoqda.

To‘y marosimining o‘tkazilish joyi haqida savol tug‘ilganda, yoshlar uzoq vaqt o‘ylamadilar. Axir, bir necha yil oldin Samarqandda bo‘lgan Marshall shahar tarixi va me’morchiligiga oshiq bo‘lgan.

Marshall va Ebru aytishicha, ularning sevgisi tarixi o‘zbek taomlaridan boshlangan va ular Registonni tanlashgan, chunki Samarqand abadiylikni aks ettiradigan ibodat joyidir.