Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rekord natijani qo‘lga kiritgan bokschi «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan mukofotlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, jahon miqyosida o‘zbek sporti shon-shuhratini yanada oshirishga qo‘shgan munosib hissasi, xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Mayami shahrida professional boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada yuksak azmu shijoat va mahoratini namoyon etib, yurtimiz boks sporti tarixida ilk marotaba WBA va IBF yo‘nalishlarida g‘alaba qozonib, rekord natijani qo‘lga kiritgani hamda yoshlarimizga ibrat namunasini ko‘rsatgan holda, ular ongida milliy g‘urur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish borasidagi katta xizmatlari uchun boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Axmadaliyev Murodjon Qahor o‘g‘liga «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni berildi.